Umumiy savollar

  1. Nima oʻzgargan?
    Nutrilonning ham tarkibi, ham dizayni oʻzgargan. Aralashmaning tarkibi Yevropa Ittifoqi qonunchiligining yangi talablariga va eng soʻnggi ilmiy tadqiqotlar natijalariga moslashtirildi. 1 yoshgacha boʻlgan bolalarga moʻljallangan barcha aralashmalar tarkibida DHA ning boʻlishi majburiydir. Shuningdek, vitaminlar va minerallar miqdoriga ham tuzatishlar kiritildi. Isteʼmolchilarimizga davolovchi aralashmalarni turli darajadagi asosiy aralashmalardan ajratib olish osonroq boʻlishi uchun, shuningdek, javondan kerakli mahsulotni topish osonroq boʻlishi uchun qadogʻining dizayni ham oʻzgartirildi.
  2. Mening farzandim uchun mazkur formulaning avvalgisiga nisbatan qanday afzalliklari bor?
    Pronutra Advance koʻkrak sutidan ilhomlangan 40 yillik tadqiqotlar natijasida olingan tajriba va bilimlarga asoslangan holda ishlab chiqilgan. Yangi formula aralashmani ishlab chiqarishning oʻziga xos jarayonini oʻz ichiga oladi, shuningdek, Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiq uning tarkibidagi yogʻ kislotalari, DHA/AA, vitaminlar va minerallar darajasiga oʻzgartirishlar kiritilgan.
  3. Yangi avlod formulasi/Pronutra Advance qanday maʼno anglatadi?
    Biz doimiy ravishda oʻz formulamizni yaxshilashning yangi usullari ustida izlanishlar olib boramiz. Va 40 yildan beri biz koʻkrak sutidan ilhomlanib, uning sizning chaqalogʻingizning immun tizimini qanday qoʻllab-quvvatlashini anglab yetish uchun innovatsion tadqiqotlar olib bormoqdamiz. Mazkur tadqiqotlar bizga takomillashtirilgan yangi avlod formulasi – Nutrilon Premiumni ishlab chiqish imkonini berdi. Bu tarkibida bizning noyob ozuqa moddalari majmuamizni, shuningdek noyob ishlab chiqarish jarayonimizni birlashtirgan Pronutra Advance mavjud yagona formula. Nutrilon Premium 3 C va D vitaminlari bilan sizning farzandingizning immun tizimini qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus ishlab chiqilgan.
  4. Pronutra Advance qanday mahsulotlarni oʻz ichiga oladi?
    Pronutra Advance Nutrilon Premium 1,2,3,4 tarkibida mavjud
  5. Pronutra Advance bozordagi boshqa brendlardan nimasi bilan farq qiladi?
    Pronutra Advance – bu bizning noyob ingredientlar majmuamiz va noyob ishlab chiqarish jarayonini birlashtirgan bozordagi birinchi va yagona formula. Uning tarkibida tuzilishi boʻyicha ona sutidagi oligosaxaridlar bilan bir xil boʻlgan koʻkrak suti oligosaxaridi mavjud. Formula patentlangan va faqat Nutrilon Premium brendi ostida eksklyuziv ravishda taqdim etilgan.
  6. Men Nutrilonning qadogʻi oʻzgarganini payqadim, buning sababi nimada?
    Biz oʻzimizning yangi avlod formulamizni ishga tushirish bilan birga Nutrilon Premium brendining yangi, zamonaviy dizaynini ham taqdim etdik. Yangi dizayn sizni oʻzingizga kerakli mahsulotni izlab topishda bizning portfelimizga osongina yoʻnlishingizga yordam beradigan yangi ranglarni oʻz ichiga oladi.

Tarkib/taʼm va tajriba

  1. Pronutra Advanceʼda oldingi formulaga nisbatan qanday yangilik bor? Tarkibda qanday oʻzgarishlar yuz berdi?
    Tarkibda qanday oʻzgarishlar yuz berdi? Pronutra Advance – bu bizning noyob ingredientlar assortimentimiz va noyob ishlab chiqarish jarayonini birlashtirgan bozorda birinchi va yagona formula. Ushbu formula patentlangan va Nutrilon brendi uchun eksklyuzivdir. Bu olimlarimiz va mutaxassislarimiz jamoasining 40 yillik innovatsion tadqiqotlari natijasidir.
  2. Eski va yangi formulalarni birga aralashtirish muammo keltirib chiqarmaydimi?
    Ikkala mahsulotdan ham foydalanish mumkin. Farzandingiz ichaklariga yangi formulaga oʻtish uchun vaqt talab etilishi mumkin. Biz sizga yangi formulaga oʻtganingizdan keyin faqat oʻshandan foydalanishingizni maslahat beramiz. Agar bu borada ikkilansangiz yoki sizda biror savol tugʻilsa, iltimos, shifokoringiz bilan maslahatlashing.
  3. Bolam hozir eski formuladagisi bilan oziqlanadi. Yangisiga oʻtsam boʻladimi?
    Ha, siz yangi formulaga oʻtishingiz mumkin. Yangi formulaga oʻtish muammo keltirib chiqarmasligi kerak. Sizga har kuni faqat 1 mahaldagi ovqatlantirish paytida eski formulaning oʻrniga yangisidan foydalanib, asta-sekin oʻtishni amalga oshirishni maslahat beramiz. Agar ikkilansangiz yoki ovqatlantirish borasida sizda biror savol tugʻilsa, iltimos, shifokoringiz bilan maslahatlashing.
  4. Bu formula kimlarga mos keladi?
    Ushbu formula 6 oylikkacha boʻlgan sogʻlom bolalarga (bolalar uchun sutli aralashma), 6 oylikdan 12 oylikkacha boʻlgan bolalarga (keyingi aralashma) va 1 yoshdan katta bolalarga (bolalar suti) mos keladi. Koʻkrak suti sizning farzandingiz uchun hammasidan koʻra yaxshiroqdir va biz Nutrilon Premium aralashmasiga oʻtishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashishingizni maslahat beramiz.
  5. Bolamning immun tizimini qoʻllab-quvvatlash uchun qaysi Nutrilon yaxshiroq?
    Bizning Nutrilon Premium 3 bolalar sutimiz tarkibidagi C va D vitaminlari bilan immun tizimini yaxshi ishlashiga yordam berib, uni qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan. Biz immun tizimini kuchaytirishga moʻljallangan mahsulotlarning toʻliq portfelini ishlab chiqdik.
  6. Bolamda yangi formulaga nisbatan eʼtiroz paydo boʻldi. Shunday boʻlishi mumkinmi?
    Biz sizlarga farzandingiz uchun har doim eng yaxshi mahsulotni taqdim etishni xohlaymiz. Yangi formula taʼmi / hidi boʻyicha farq qilishi mumkin, taʼm va hidida farqlarning boʻlishi yangi ingrediyentlar va texnologik elementlar hisobiga tabiiy holat. Farzandingiz yangi formulaga va uning taʼmiga oʻrganishi uchun biroz vaqt talab etilishi mumkin, taʼm / hiddagi farqlari mahsulotda biron bir narsa notoʻgʻri ekanligini bildirmaydi. Iltimos, bizning yangi formulamiz Yevropa Ittifoqi talablariga toʻliq javob berishiga ishoning
  7. Menda butilkada yangi formulaning eruvchanligi bilan bogʻliq muammolar mavjud. Yangi mahsulotda butilkada avvalgisidan koʻra koʻproq qumaloqchalar qolyapti? Bu oddiy holmi? Bunday holda men nima qilishim mumkin?
    Iltimos, tayyorlash usuli oʻzgarganligini hisobga oling. Yoʻriqnomaga muvofiq aralashmani oʻlchov qoshiqchalarining aniq sonida qoʻshing. Aralashmani yoʻriqnomada koʻrsatilgan miqdordan koʻproq yoki ozroq miqdorda qoʻshish, bolangizning sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin. Butilkani yoping va aralashma toʻliq erimagunicha uni tik holatida yaxshilab silkiting. Butilkani yumalatish yoki chayqatish aralashmani erishi uchun yetarli boʻlmaydi.
  8. Nima uchun aralashmaning hidi boshqacha?
    Biz har doim sizning farzandingizga eng yaxshisini taqdim etishni xohlaymiz. Yangi formulaning hidi boshqacha tuyulishi mumkin. Yangi ingridieyentlar va jarayondagi oʻzgarishlar hisobiga bunday farqlarning boʻlishi tabiiy holat. Hidining boshqachaligi mahsulotda nimadir notoʻgʻri ekanligini koʻrsatmaydi. Iltimos, bizning yangi formulamiz Yevropa Ittifoqi talablariga toʻliq javob berishiga ishoning.
  9. Yangi Nutrilonni odatdagidan boshqacha tayyorlash kerakmi?
    Iltimos, tayyorlash usuli oʻzgarganligini hisobga oling. Yoʻriqnomaga muvofiq aralashmani oʻlchov qoshiqchalarining aniq sonida qoʻshing. Aralashmani yoʻriqnomada koʻrsatilgan miqdordan koʻproq yoki ozroq miqdorda qoʻshish, bolangizning sogʻligʻiga zarar yetkazishi mumkin. Butilkani yoping va aralashma toʻliq erimagunicha uni tik holatida yaxshilab silkiting. Butilkani yumalatish yoki chayqatish aralashmani erishi uchun yetarli boʻlmaydi. Shuning uchun har doim yorliqda koʻrsatilgan tayyorlash usuli boʻyicha koʻrsatmalarga amal qiling.

Qadoq

  1. Men javonda 2 xil Nutrilon formulasini koʻryapman. U endi ikki xil variantda chiqariladimi?
    Biz Pronutra ADVANCE yangi avlod formulamizni ishlab chiqarishni yaqindagina yoʻlga qoʻyganimiz sababli, sizning supermarketingiz / dorixonangiz peshtaxtalarida haligacha bizning oldingi mahsulotimiz (Pronutra +) turgan boʻlishi mumkin. Biroq, Pronutra ADVANCE mahsuloti Nutrilon kompaniyasining farzandingiz uchun kerakli mahsulotni topishingiz sizga osonroq boʻlishi uchun yangi ranglarni oʻz ichiga olgan yangi, zamonaviy dizaynda chiqarilgan.
x