Ko‘krak sutini sog‘ish va saqlash

O‘qish vaqti: 5 daqiqa

Ishga qaytib, kun bo‘yi farzandingizning yonida bo‘la olmaganingizda, agar sutingizni sog‘ib, uyda qoldirsangiz va uydagilardan bolani ovqatlantirishda yordam so‘rasangiz, chaqalog‘ingiz kerakli miqdorda ovqatlanishda davom etadi. Sutni qo‘lda so‘gasizmi yo qo‘lda sihlatiladigan yoki elektr sog‘uvchi asbob yordamidami — o‘zingizga bog‘liq, asosiysi ona sutini to‘g‘ri saqlash muhimligini yodda tutishdir.

suniy oziqlantrish belgisi

Kichkintoyning taomnomasiga sog‘ib olingan ko‘krak sutini qo‘shish uning kayfiyatini yaxshilashi mumkin. Masalan, kechqurun sog‘ib olingan sutni kechki ovqat sifatida berish orqali, bolani tunda uxlatish imkoniyatingiz ortadi.

Ona suti sovutgichi

Ona suti sovutgichda 4oC dan past haroratda 3 kungacha saqlanishi mumkin.

qor parchasi belgisi

Ona suti  muzlatgich kamerasida 18oC dan past haroratlarda 6 oygacha saqlanishi mumkin.

Ko‘krak sutini sog‘ib olish, bolani emiza olmagan paytlaringizda u organizmi uchun zarur bo‘lgan barcha oziqlanishni olishini kafolatlaydi.

Ko‘krak sutini sog‘ib olish

Ko‘krak sutini qanday qilib sog‘ib olish mumkin

ko'k kozli bolakay

Agar chaqalog‘ingizdan qandaydir vaqt mobaynida uzoqda bo‘lsangiz va ishga chiqqan bo‘lsangiz, lekin bola ko‘krak sutidan oziqlanishda davom etishini xohlasangiz, sutingizni sog‘ib qoldirishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Qaysi usulni qo‘llashingizdan qat’iy nazar, qo‘llaringiz toza bo‘lishi va barcha butilkachalar, idishlar va ehtiyot qismlar yuvilib, sterilizasiya qilinishi kerak. Sog‘ish oson bo‘lishi uchun ko‘kragingizni biroz massaj qiling.

Sut qo‘lda qanday qilib sog‘iladi

Bosh barmog‘ingiz, ko‘rsatkich va o‘rta barmog‘ingizni C harfi shaklida buking va ko‘kragingizni biroz siqing. Ko‘krak qafasini bosing va keyin sutning chiqishiga yordam berib, biroz oldinga torting. Bosimni bo‘shashtiring, so‘ngra yana takrorlang. Sutni yig‘ish uchun sizga keng og‘izli biror idish kerak bo‘ladi. Sog‘ishda muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zingizni bo‘sh qo‘yishingiz va o‘zingizni qulay his qilishingiz kerak, chaqalog‘ingiz haqidagi o‘ylar ham jarayonga yordam beradi. Boshida faqatgina bir necha tomchi sog‘ishingiz mumkin, ammo buni qanchalik tez-tez qilsangiz, shuncha ko‘p sut olishga erishasiz.

Ko‘krak sutini sog‘adigan asbob bilan qanday sog‘iladi

Ko‘krak sutini sog‘adigan asbob

Qo‘lda ishlaydigan asbob

Ko‘krak sutini sog‘adigan asbobda, ko‘krak uchi va areolasi ustiga qo‘yiladigan, voronka bor. Ularning ayrimlari qo‘l bilan ishlaydi, boshqalari esa batareyada ishlaydi. Sutni bunday usulda sog‘ishdan oldin ko‘kragingizni massaj qilish tavsiya etiladi, so‘ngra ko‘krak sutini sog‘adigan asbobga ilova qilingan ko‘rsatmalarga amal qiling.

Qo‘lda ishlaydigan asbob

Elektr yordamida ishlaydigan asbob

Ushbu tezligi yuqori va ishlatilishi qulay bo‘lgan nasoslar, sutingizni uzoq vaqt davomida sog‘ishingiz kerak bo‘lganda, masalan, chaqalog‘ingiz yangi tug‘ilgan go‘daklar bo‘limida bo‘lganda yaxshi yechim sanaladi. Sutni xohlagancha tez-tez sog‘ishingiz mumkin, shuningdek, bir vaqtning o‘zida ikkala ko‘krakni ham sog‘ishingiz mumkin; qanchalik ko‘p sog‘sangiz, tanangiz shuncha ko‘p sut ishlab chiqaradi. Agar chaqalog‘ingiz maxsus parvarish ostida bo‘lsa,ko‘krak sutini sog‘adigan asbobni sizga bola yotgan shifoxona bo‘limida berishlari mumkin. Doim ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga diqqat bilan amal qiling.

Sut ko‘krak sutini sog‘adigan asbob bilan qanday sog‘iladi.

ko‘krak sutini sog‘adigan asbob

Quyultirilgan ko‘krak suti sterillangan idishlarda saqlanishi lozim, hamda idishga so‘qilgan sana va ichidagi sut miqdori ko‘rsatilgan eslatmali yozuvni yopishtirganingizga ishonch hosil qiling.

Ona suti qancha vaqt davomida saqlanishi mumkin?

Ko‘krak suti har doim toza qo‘llar bilan sog‘ilishigiga, barcha butilkachalar, idishlar va nasosning qismlari yuvilgan va sterillanganligiga ishonch hosil qiling. Agar barcha qoidalarga rioya qilingan bo‘lsa, quyidagi ma’lumotlarni foydalanib, sutning yaroqlilik muddatini hisoblashingiz mumkin:

Ko‘krak suti sovutgichda qancha vaqt saqlanishi mumkin?

• 3 kun davomida

• Agar sovutgich ichidagi harorat  4oC dan past bo‘lsa, uni 5 kungacha saqlash mumkin.

Ko‘krak suti muzlatgich kamerasida qancha vaqt saqlanishi mumkin?

• Agar muzlatgich ichidagi harorat -18oC dan past bo‘lsa, sutni 6 oygacha saqlash mumkin.

• Eritilgan ko‘krak sutini qayta muzlatmang.

• Eritigan sutni 2 soat ichida iste’mol qilish kerak.

Ko‘krak suti xona haroratida qancha vaqt saqlanishi mumkin?

  • 4 soat davomida

Sog‘ib olingan ko‘krak suti qanday qilib isitiladi?

Butilkachani iliq suvga solib yoki uni iliq oqar suv ostida ushlab turib sog‘ib olingan ko‘krak sutini ilitish mumkin. Shuningdek, sog‘ib olingan ko‘krak sutini bolaga ilitmay berishingiz ham mumkin. Uni mikroto‘lqinli pechda qizdirmang, chunki u sutda quyqalar hosil qiladi va uning tarkibidagi immunitetni himoya qilish funksiyasini pasaytiradi.

Muzlatilgan ko‘krak sutini qanday eritish mumkin?

chaqaloq shishasi bilan oziqlanadigan binafsha rang

Sutni muzlatgichdan olib sovutgichga solib eritish — eng yaxshi usuldir. Agar sutni tezroq eritish kerak bo‘lsa, butilkachani iliq suvga soling yoki iliq oqar suv ostida ushlab turing. Eritilgan ko‘krak sutini qayta muzlatmang. Uni mikroto‘lqinli pechda qizdirish sutda quyqalar hosil qiladi va tarkibidagi immunitetni himoya qilish funksiyasini pasaytiradi.

Ko‘krak sutini qachon sog‘ib olish kerak?

Sutingiz kunning qismiga qarab o‘zgaradi va har xil sut chaqalog‘ingizning uyqu sikliga har xil ta’sir qiladi. Masalan, tungi sutingizda uyqu gormoni melatonin mavjud. Shuning uchun, bolani ovqatlantirish paytida, sut qachon sog‘ib olinganligini inobatga olish lozim. Bu kichkintoy kunning to‘g‘ri qismida to‘g‘ri sut olishiga ishonch hosil qilish uchun zarur.

  1. White, R. Circadian variation of breast milk components and implications for care. Breastfeed Med, 2017;12(7):398-400.
  2. Eglash, A. and Simon, L. Breastfeed Med, 2017;12(2):390-395.
  3. nhs.uk. (2019). Expressing and storing breast milk. [online] Available at: https://www.nhs.uk/conditions/pregnancy-and-baby/expressing-storing-breast-milk/ [Accessed 19 Dec. 2019].
  4. Bowles, B. Clinical Lactation, 2011;2(4):21-24.
  5. Green, D., et al. Early Hum. Dev., 1982;6(2):153-159.
  6. Orlando, S. J Obstet Gynecol Neonatal Nurs, 1995;24(7):678-683.

So‘nggi marta: 2020-yil 16-aprel kuni yangilangan

Nutricianing tibbiy va ilmiy masalalar bo‘yicha jamoasi tomonidan tayyorlangan.

shifokor

Farzandingizning kelgusidagi salomatligi hozir shakllanmoqda

Biz Nutricia Club jamoasi tajriba moslashuvchanlikni rivojlantirishga yordam berishiga, homiladorlik paytida yoki tugʻruqdan keyin har qanday yangi sharoitga duch kelish Sizning farzandingizning kelgusidagi rivojlanishiga taʼsir qilishi mumkinligiga ishonamiz. Bizning malakali ekspertizamiz va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutaxassislarimizning kunu-tun ishlashi  tufayli biz Sizga va Sizning farzandingizga kelgusida sogʻlom boʻlishingizda yordam beramiz.

Mavzu bo‘yicha maqolalar

x